
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab ta’limi sifati va pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar berdi Nova24.uz.
Taqdimotda muhim tashabbuslar muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilish, O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini tashkil etish hamda “Kelajak o‘qituvchilari” loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
“Hozirda “Yangi O‘zbekiston” universitetida 40 dan ortiq xorijiy professor va xorijdan chaqirilgan 30 nafar yurtdosh mutaxassis ishlamoqda. Talabalar loyihalari orqali 24,3 mlrd so‘mlik grantlar jalb qilingan. Bu imkoniyatlar asosida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va tibbiyot yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash kuchaytiriladi.
Bundan tashqari, Germaniya tajribasi asosida zamonaviy universitet klinikasi ochish va ta’lim sifatini baholashda xalqaro metodikalarni joriy etish rejalashtirilgan. Shu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli o‘quvchi PISA dasturida ishtirok etadi.
Hozirda 2 ming maktabda o‘quvchi soni me’yordan oshgan. Joriy yilda byudjet hisobidan 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Aholining ortib borayotgan soni sababli maktablarga ehtiyoj oshmoqda. Shu sababli Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilinib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab quriladi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘quvchilarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda. Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, tarbiyaviy va qiziqarli milliy kontent yaratadigan mualliflar yetarli emas.
Shu sababli bolalar uchun xavfsiz axborot muhiti yaratish, milliy kontent hajmini oshirish va iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar