date

"Bavariya" bosh murabbiyi 17 yoshli Karlni maqtadi

"Bavariya" bosh murabbiyi 17 yoshli Karlni maqtadi

"Bavariya" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl ketma-ket ikki o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Shanba kuni 17 yoshli iqtidor egasi zaxiradan maydonga tushganidan bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘tib, "Borussiya" Myonxengladbax darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Chorshanba kuni esa Karl Chempionlar ligasida Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga gol urib, yana e’tiborni o‘ziga qaratdi. "Karl juda yaxshi sport formaga erishdi, ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi.

"Bavariya" kabi yuqori darajadagi klubda shov-shuvlar bo‘lishi odatiy hol. Muhimi, xotirjamlikni saqlab, ishlashni davom ettirishdir.

Tanqidlar yuzaga kelsa, hammasi bir xil usulda davom ettirilishi kerak. Shunda Lennining kelajagi porloq bo‘ladi", – dedi murabbiy Vensan Kompani matbuot anjumanida.

29-oktyabr kuni Myunxenning "Bavariya" jamoasi Germaniya kubogida "Kyoln" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bavariya" bosh murabbiyi 17 yoshli Karlni maqtadi