O‘zbekiston bo‘yicha bolalar va o‘smirlar xokkey chempionati rasman start oldi. Turnir 26 sentyabr kuni Humo Arena muz maydonida 14U yosh toifasidagi jamoalar o‘yinlari bilan boshlandi.
Dastlabki bahsda Olmaotaning «Raximjan» jamoasi Toshkentning «Binkor» klubiga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. «Raximjan» safida Yanis Kosofidi va Dmitriy Suxov gol urdi, «Binkor» uchun esa To‘raxonov A’zamxon hamda Matvey Ilyasov hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha vaqtda yana Matvey Ilyasov gol kiritib, dublikatga erishdi va «Binkor»ga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.
Kunning ikkinchi uchrashuvida Olmaotaning «Alma-Ata» jamoasi Toshkentning «Humo Sky» klubini 7:1 hisobida mag‘lub etdi. «Humo» safidagi yagona gol muallifi Yegor Voronin bo‘ldi.
Chempionatning qolgan o‘yinlari ham tomoshabop va qizg‘in o‘tishi kutilmoqda. O‘yinlar taqvimi va yangiliklar O‘zbekiston xokkey federatsiyasining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilib boriladi.
O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar uchun xokkey chempionati start oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar