date

Nega X avlodi bozorda asosiy kuchga aylandi?

Nega X avlodi bozorda asosiy kuchga aylandi?
1965–1980 yillarda tug‘ilgan X avlodi vakillari iste’mol bozorida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida qayd etilmoqda. Nielsen tadqiqotiga ko‘ra, faqatgina AQSHning o‘zida 2025 yilda ushbu avlod vakillari mahsulot va xizmatlarga jami 15,2 trillion dollar sarflaydi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, X avlodi izchillikni yuqori qo‘yadi va qaror qabul qilishda o‘z tajribasiga tayanadi. Ular impulsiv xariddan qochib, pulni isrof qilmaslikka harakat qiladi. Shuning uchun ko‘p mablag‘ sarflasa ham, asosan foydali va zarur xaridlarni amalga oshiradi.

Solishtirish uchun, Y avlodi — milleniallar (1981–1996) yangi tajribalarga intilsa, Z avlodi — zummerlar (1997–2012) ko‘proq jamoatchilik fikriga asoslanadi. X avlodining afzalligi — internetdan oldingi hayotni ham ko‘rgan, unga tez moslashgan va oflayn hamda onlayn xarid imkoniyatlarini birlashtira olganidir.

Mutaxassislar fikricha, X avlodining bu kabi xususiyatlari chakana savdoni rivojlantiradi, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi va bozorda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nega X avlodi bozorda asosiy kuchga aylandi?