The Wall Street Journal xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kiyevning uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollardan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini istisno qilmagan. Biroq u bu borada aniq va’da bermadi.
Zelenskiy uchrashuvda Trampdan uzoq masofali qurollarni ko‘proq taqdim etish va ulardan foydalanishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlashni so‘ragan. Gazeta manbalariga ko‘ra, Tramp bu g‘oyaga qarshi emasligini bildirgan, ammo hech qanday majburiyat olmagan.
Ma’lumot uchun, Pentagon bu bahordan boshlab Ukrainaga berilgan ATACMS raketalari va boshqa qurollardan foydalanishga bir qator cheklovlar joriy etgan. Pentagon kotibi Pit Xegset va uning o‘rinbosari Elbrij Kolbi mazkur cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanmoqda.
Tramp Zelenskiy so‘ragan qurol cheklovlarini olib tashlashga va’da bermadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar