date

Hindistonlik erkak oshqozonidan 50 dan ortiq ashyo olib tashlandi

Hindistonlik erkak oshqozonidan 50 dan ortiq ashyo olib tashlandi

Hindistonda aql bovar qilmas tibbiy holat qayd etildi. Uttar-Pradesh shtatidagi shifokorlar 40 yoshli bemorning oshqozonidan yuzlab ashyolarni olib tashlashga majbur bo‘ldi. The Times of India yozishicha, jarrohlik amaliyoti davomida bemor oshqozonida jami 29 ta metall qoshiq, 19 ta tish cho‘tkasi va ikkita ruchka aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak bir oy avval narkomaniyani davolash markaziga yotqizilgan. Biroq u yerdagi muomala va qattiq tashvishlar sabab o‘ziga xos xavfli odat paydo bo‘lib, turli begona jismlarni yuta boshlagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, u kuchli qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaga murojaat qildi. Davlat klinikasiga olib kelingan bemorni tekshiruv jarayonida shifokorlar uning oshqozonida o‘nlab metall va plastmassa buyumlarini aniqlashdi.

Jarroh Shyam Kumar rahbarligidagi tibbiy jamoa uzoqqa cho‘zilgan murakkab operatsiya orqali barcha ashyolarni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Do‘stlar va qarindoshlarining aytishicha, erkakning bu holatga tushishi markazdagi yomon munosabat va ruhiy bosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Hozirda bemorning ahvoli barqarorlashgani, u shifokorlar nazorati ostida ekani ma’lum qilindi. Mutasaddilar esa bu kabi holatlar ruhiy salomatlik va insonlarga munosabat qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik erkak oshqozonidan 50 dan ortiq ashyo olib tashlandi