
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb ishtirokida Toshkentdagi “Ko‘ksaroy” qarorgohida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar savdo hajmini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi eksport va importni rivojlantirishga ko‘maklashadigan Savdo moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishini yengillashtiradigan sertifikatlash laboratoriyalarini ochish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlandi.
Tomonlar 2026 yilda hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va ishbilarmonlar kengashini tashkil etishga kelishib olishdi. Uchrashuv yakunida prezidentlar Qo‘shma bayonot va savdo-iqtisodiy hamda geologiya sohasi, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolashdi.
Hujjatlar ijtimoiy himoya, ta’lim, fan, suv resurslarini boshqarish sohalarida hamkorlikni, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, tomonlar kelgusi yilda birinchi rektorlar va innovatsiyalar forumini o‘tkazishga kelishib olishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 