
Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining rasmiy xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda metroning halqa yo‘nalishi hali ham ishga tushmaganligi haqida ma'lumot tarqalgan. Biroq mazkur idora ushbu ma'lumotni inkor etdi.
1-noyabr kuni ertalabdan boshlab halqa yo‘nalishi to‘liq ishga tushirilgan va yo‘lovchilar uchun ochiq. Yo‘nalishda 12 ta poyezd 7 daqiqalik interval bilan qatnamoqda.
Metropoliten vakillari ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri sahifalari administratorlarini asossiz ma'lumot tarqatmaslikka va faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, metropolitenning halqa yo‘nalishini ishga tushirish dastlab 18-oktabr kuni e'lon qilingan edi, biroq keyinchalik bu sana 1-noyabrga ko‘chirildi.
Yo‘nalishning yopilishiga profilaktika ishlari sabab bo‘lgan.
Toshkent metrosi to‘liq ishga tushdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar