date

Shoxrux reperdan yangi premyera qo‘shiq

Shoxrux reperdan yangi premyera qo‘shiq

O‘zbek rep sahnasining eng taniqli vakillaridan biri Shoxrux 31-oktyabr kuni “Tobora” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Premyera ijodkorning YouTube kanali va barcha yirik musiqiy platformalarda bir vaqtning o‘zida e’lon qilindi.

Qo‘shiq haqida hozircha ko‘p ma’lumot berilmagan. Uning so‘z va musiqasi muallifi kimligi sir tutilmoqda. Shunga qaramay, “Tobora” qisqa fursatda tinglovchilar orasida mashhurlikka erishishi kutilmoqda.

Trek Shoxruxning oldingi ishlariga qaraganda sokinroq va hissiyotga boy tarzda yozilgan. Unda umidsiz oshiqning ichki kechinmalari, sevgidagi iztirob va tanlov oldidagi ikkilanma holatlar aks etgan.

Qo‘shiqdagi eng esda qolarli satrlardan biri — “Ikkinchi marta qilingan xato, xato emas, bu tanlov” — Shoxrux ijodining falsafiy, hayotiy ohangini ko‘rsatib turibdi.

Avvalroq “Hafta artisti” ruknida Shoxruxning musiqiy faoliyati, sahnadagi uslubi va o‘ziga xos ovozi haqida so‘z yuritilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1-noyabr kuni Shoxrux “Humo Arena”da katta konsert dasturi bilan chiqish qiladi. Bu konsertda “Tobora” qo‘shig‘i ham ilk bor jonli ijroda yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shoxrux reperdan yangi premyera qo‘shiq