5 oyda 114 ming haydovchi jarima ball oldi

O'zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilgach, besh oy ichida 114 382 nafar haydovchiga jarima ballari qo'llanildi. Ularning 114 374 nafari 1 dan 5 ballgacha, olti nafari 5–6 ball, bir nafari 7 ball va yana bir nafari 8 ball oldi. Tizim joriy etilgandan so'ng yo'l-transport hodisalari 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo'lgan avariyalar esa 31,2 foizga kamaydi. Zoir Yo'ldoshev jarima ballari tizimi o'zini to'liq oqlayotganini ta'kidladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilgandan buyon besh oy ichida 114 mingdan ziyod haydovchiga ball qo‘llanildi.
1 iyundan 30 oktyabrgacha bo‘lgan davrda jami 114 382 nafar haydovchi jarima balllari bilan jazolangan. Ularning ko‘pchiligi — 114 374 nafar haydovchi — 1 dan 5 ballgacha olgan. Olti haydovchi 5–6 ball, bir nafar 7 ball va yana bir kishi 8 ball olgani qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tizim joriy etilgandan so‘ng yo‘l-transport hodisalari soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avariyalar esa 31,2 foizga kamaygan.
Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, jarima ballari tizimi o‘zini to‘liq oqlamoqda. Unga ko‘ra, YTHlar sonining shunday darajada kamayishi ilgari kuzatilmagan.
Mutaxassislar fikricha, bu tizim haydovchilarning mas’uliyatini oshirib, xavfsiz harakat madaniyatini shakllantirayotganini ko‘rsatmoqda.






























Izohlar 0
…