Toshkentda 24 kvadrat metrlik uyga 35 kishi yozilgan

1 daqiqa o'qish399
Toshkentda 24 kvadrat metrlik uyga 35 kishi yozilgan

Poytaxtda uy-joy ijarasi bilan bog‘liq hayratlanarli holat aniqlandi, deb xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “E-ijara” elektron tizimi orqali o‘tkazilgan monitoring natijasida 24 kvadrat metrlik xonadonga 35 nafar fuqaro ro‘yxatga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Hisoblab ko‘rilganda, har bir kishi ulushiga atigi 0,7 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelgan — bu hatto kichik yozuv stoli maydonidan ham oz.

Tahlilda uy egasi ikki nafar talabaga rasmiy ijara shartnomasi tuzib, har biriga 0,5 kvadrat metrdan joy ajratgani va oyiga 1,5 million so‘mdan ijara puli olgani aniqlangan. Keyinroq bu manzilda yana 33 kishi qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Soliq idorasi bir kishi uchun belgilangan minimal yashash maydoni 16 kvadrat metr ekanini eslatib, uy-joyni ijaraga berishda normalarga rioya etish zarurligini qayd etdi. Shu bilan birga, ijarachilar uchun munosib va insonga xos sharoit yaratish talab etilishi ta’kidlandi.

Mutaxassislar bu holatni uy bozoridagi muammolar va nazorat yetishmasligining yaqqol misoli sifatida baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?