
O‘zbekistonda islohotlar sur’ati yetti yil avvalgiga qaraganda sekinlashgan. Bu masala 12-13 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston va xalqaro aktsiyadorlik kapitali bozorlarining 2025-yilgi istiqbollari" konferentsiyasida muhokama qilindi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori Mansurjon Rasulovning ta’kidlashicha, islohotlarning dastlabki yillari tezkor qarorlar va tuzilmaviy o‘zgarishlar davri bo‘lgan, ammo bugungi kunda erishilgan natijalarni mustahkamlash muhim. "2018 yildagi islohotlar sur’ati endi sekinlashishi tabiiy.
O‘sha davrda biz valyuta liberallashtirilishi, soliq tizimini isloh qilish, biznes uchun to‘siqlarni bartaraf etish kabi ishlarni amalga oshirdik. Bunday qadamlarni har yili amalga oshirib bo‘lmaydi — biznes uchun barqarorlik zarur", — dedi Rasulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat investorlar uchun barqarorlikni ta’minlash maqsadida asosiy soliq stavkalarini, shu jumladan QQS va foyda solig‘ini 2028 yilgacha o‘zgarmas qilib belgilagan. "Bugungi kunda asosiy masala islohotlarning sonida emas, sifatida.
O‘zbekiston qaytmas nuqtadan o‘tib, hozirda barqaror o‘sishga intilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Rasulov. "Uzasets" boshqaruv kengashi raisi Bobur Abdinazarovning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida o‘zbek kompaniyalari xalqaro kapital bozorlaridan 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgan.
"Olti kompaniya S&P reytinglarini, yettita esa ESG baholarini oldi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "O‘zbekneftgaz" va "Navoiyuran" kompaniyalari Londonda evroobligatsiyalar joylashtirdi.
2026 yilda esa ilk IPO’lar rejalashtirilgan", — dedi u. Abdinazarovning ta’kidlashicha, aynan shu natijalar korporativ sektorni isloh qilish davom etayotganini va aniq natijalar berayotganini ko‘rsatmoqda.
Rasulovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi islohotlar bosqichi xususiy sektor bilan doimiy muloqotni talab qiladi. Ushbu vazifa Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashi tomonidan amalga oshirilmoqda, bu yerda biznes hukumat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘siqlar va tashabbuslarni muhokama qiladi.
"Biz ularning fikrini tinglaymiz va shu asosda islohotlarni amalga oshiramiz. Oxirgi gapim shuki, bu islohotlar shunchaki islohot uchun emas, balki amaliy zarurat asosida qabul qilinmoqda.
Investorlar buni ko‘p marta e’tirof etishgan va bu bizning investitsion muhitimizni ayniqsa jozibador qilmoqda. Bizning hukumat tinglashni biladi.
Agar ilgari biznes shartli ravishda 20 muammoni ko‘targan bo‘lsa, biz ularning hammasini hal qilganmiz. Hozir, masalan, beshta muammo qolgan, va biz ular ustida ishlayapmiz.
Islohotlar sur’ati aynan shunga bog‘liq", — dedi Rasulov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.