
O‘zbekiston hukumati tibbiyot muassasalarida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agar bemor rejalashtirilgan tibbiy yordam uchun yo‘llanmasiz va o‘z tashabbusi bilan murojaat qilsa, xizmatlar pullik bo‘ladi. Bunda bemor tibbiyot muassasasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Poliklinikalarda bepul kafolatlangan paketga kirmaydigan barcha xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va ular uchun to‘lov amalga oshiriladi. Bemorni tibbiyot muassasasida faqat to‘liq oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng qabul qilishadi.
Shundan keyin u shifokorga yo‘naltiriladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika markazlarida tibbiy xizmatlar narxini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surgan edi.
Davlat rahbari tibbiy sug‘urta mablag‘larini, agar ular sifatliroq va arzonroq xizmat ko‘rsatsa, xususiy klinikalarga yo‘naltirishni taklif qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.