
Ekranda yaratilgan qahramon har doim ham faqat rol bo‘lib qolavermaydi. Ayrim turk serial aktyorlari uchun muvaffaqiyatli obraz shu qadar kuchli ta’sir ko‘rsatganki, u nafaqat mashhurlik, balki muxlislar nafrati, ta’qib va og‘ir ruhiy bosimni ham olib kelgan. Ba’zilar psixoterapiya yordamiga muhtoj bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z obro‘si va karerasini noldan qayta qurishga majbur bo‘lgan.
Kerem Bursin

Kerem Bursin uchun haqiqiy tanilish “Quyoshni kutib” serialidagi Kerem roli bilan boshlangan edi. Ammo uni butun dunyoga mashhur qilgan loyiha 2020-yilda chiqqan “Qalbim eshigini qoq” seriali bo‘ldi. Hande Erchel bilan tandem aktyorga ulkan shon-shuhrat olib keldi, ammo bu muvaffaqiyat ortidan yangi muammolar ham kelib chiqdi.
Serkan Bolat obrazi shu qadar kuchli ta’sir qildiki, muxlislar Kerem Bursinni undan ajrata olmay qolishdi. Aktyor qanchalik jiddiy, dramatik rollarga o‘tishga urinmasin, tomoshabinlar uni doimo Eda Yildizning sevgilisi sifatida qabul qildi. Natijada “Serkan” ismi umumiy tushunchaga aylanib, Keremning aktyorlik diapazonini kengaytirish urinishlarini ancha qiyinlashtirdi.
Merem Uzerli

Merem Uzerlining hayoti “Muhtasham yuz yil” seriali bilan tubdan o‘zgardi. Xurram sulton obrazi unga shiddatli mashhurlik olib keldi, ammo bu shuhratga aktrisa ruhan tayyor emas edi. Uch mavsum davomida ulkan bosim, to‘xtovsiz ish va ommaviy e’tibor uning asab tizimiga qattiq ta’sir qildi.
Aktrisa nafaqat jismonan, balki ruhan ham charchadi. Ustakorona ijro etilgan Xurram obrazi bilan kelgan mas’uliyat va shuhrat yuki sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib keldi. U paytda homilador bo‘lgan Merem farzandini o‘ylab, serialni tark etishga qaror qildi. Ammo muxlislar bu qarorni kechirmadi — uni serialni tashlab ketgani uchun qattiq tanqid qilishdi, hatto ayrim hamkasblari ham undan yuz o‘girdi.
Hande Erchel

Hande Erchelning mashhurligi og‘ir shaxsiy fojia bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi — aktrisaning onasi saratondan vafot etdi. Shu paytda “Gunesh qizlari” seriali orqali tanilgan Hande ommaviy muhabbat bilan birga qattiq tanqidlarga ham duch keldi.
Ayrimlar uni tashqi ko‘rinishi va vazni uchun qoraladi, boshqalar aktyorlik mahoratini kamsitdi, yana kimlardir asossiz nafrat bildirishdan to‘xtamadi. Hande qanchalik mashhur bo‘lsa, unga nisbatan heyterlar soni ham shunchalik ortdi. Aktrisa suhbatlaridan birida shuhrati ortidan paydo bo‘lgan trollarni hech qachon kechirmasligini ochiq aytgan.
Kaan Urganjiog‘lu

Kaan Urganjiog‘lu “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan mashhurlik cho‘qqisiga chiqdi. U rolga shu qadar chuqur kirishib ketdiki, tomoshabinlar aktyorni qahramonidan ajrata olmay qolishdi. Amirga bo‘lgan nafrat to‘liq Kaanning o‘ziga ko‘chdi.
Serial fojiali yakun topganidan keyin ham muxlislar aktyorni boshqa obrazlarda qabul qilishni istamadi. Kaanga o‘z obro‘sini tiklash uchun yillar davomida qattiq mehnat qilishga to‘g‘ri keldi. Faqat “Adolat” serialidagi Ilgaz roli orqaligina u tomoshabinlar ko‘zida o‘zini qayta isbotlay oldi. Bu esa unga qariyb besh yilga tushdi.
Buche Buse Qahramon

“Qo‘rg‘on sirlari” serialida Pelin obrazini ijro etgan Buche Buse Qahramon uchun mashhurlik og‘ir sinovga aylandi. U ekranda Ferit Korxanning sevgilisi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar uning qahramonini real hayot bilan chalkashtirib yuborishdi.
Aktrisa nafaqat salbiy izohlar, balki jiddiy tahdidlarga ham duch keldi. Heyterlar hatto uning oilasiga ham tinchlik bermadi. Natijada Buchening advokati sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Mehmet Ali Nuro‘g‘li

“So‘yla, Qora dengiz” serialidagi Vedat obrazi Mehmet Ali Nuro‘g‘lining hayotini ham og‘irlashtirdi. Qahramonning shafqatsizligi shunchalik ishonarli chiqqanki, aktyor bir necha bor tahdidlarga uchradi, hatto uni shaxsan ta’qib qilish holatlari ham bo‘lgan.
Aktyorning ta’kidlashicha, mashhurlikning eng qo‘rqinchli jihati — insonning shaxsiy hayoti, erkinligi va maxfiyligi yo‘qolishidir.
Dilan Chichek Deniz

Dilan Chichek Deniz “Chuqur” serialidagi Sena roli bilan tomoshabinlar mehrini qozondi. Uning qahramoni o‘limi muxlislar uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Ammo aktrisa uchun asosiy muammo ta’qib emas, balki serialdagi zo‘ravonlik va og‘ir ruhiy muhit ta’siri edi.
Dilan og‘ir syujet ortidan ruhshunosga murojaat qilishga majbur bo‘lganini ochiq tan olgan. Uning aytishicha, rol va shuhrat birgalikda uning ichki xavotirini kuchaytirib, o‘z his-tuyg‘ularini qahramoni hislari bilan ajratishni qiyinlashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.