date

Pol Pogba sahnadan Ronalduga minnatdorlik bildirdi

Pol Pogba sahnadan Ronalduga minnatdorlik bildirdi

«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba Globe Soccer Awards marosimida «Yilning qaytishi» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga sazovor bo‘ldi. Fransuz futbolchi antidoping qoidalarini buzganlik uchun berilgan diskvalifikatsiyadan keyingi tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytgani bilan e’tirof etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mukofotni qo‘lga kiritgach, Pogba marosimda qatnashgan va «Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini olgan Krishtianu Ronalduga yuzlandi. «Krishtianu, siz bu yerdasiz va futbolchi sifatida barchamizni ilhomlantirdingiz. Siz buni keyingi avlod uchun ham davom ettiryapsiz. Katta rahmat, Krishtianu», — dedi Pogba.

Qiziq tomoni, Pol Pogbaga ushbu sovrinni taniqli rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov topshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pol Pogba sahnadan Ronalduga minnatdorlik bildirdi