
O'zbekistonda 36 million fuqaroning tibbiy kartalari MED-ID ma'lumotlar bazasida birlashtirildi, deb xabar berdi Sog'liqni saqlash vazirligi. Ushbu ma'lumotlar yagona DMED tizimida jamlangan.
Platformaga 20 dan ortiq davlat, 200 ga yaqin xususiy tibbiyot muassasalari va poytaxtning Yunusobod tumanidagi 190 dan ortiq dorixonalar ulangan. Shu tumanda sinov tariqasida 'Elektron retsept' tizimi ishga tushirildi.
Bu soxta dori vositalarining savdosiga qarshi kurashishda yordam bermoqda. Shuningdek, shifokorlar qog'ozbozlikdan qutulib, 70 turdagi blank va jurnallardan butunlay voz kechdi.
Bu ish yukini 30 foizga yengillashtirish va tahlil natijalarini olish vaqtini qisqartirish imkonini berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.