date

Turkmaniston prezidenti “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi


Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonning eng yuksak mukofoti — “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur mukofot Turkmaniston rahbarining do‘stona va strategik aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlarini e’tirof etishini ta’kidladi. 17-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda ushbu mukofot topshirildi.

Bu mukofot ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida e’tirof etildi. Berdimuhamedovning asosiy xizmatlari qatorida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va “Shovot-Dashoguz” yirik chegara zonasini ishga tushirish alohida ta’kidlandi.

Turkmaniston prezidenti uning faoliyatiga yuqori baho bergani uchun Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkmaniston prezidenti “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi