date

O‘zbekiston chegaralar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaralarning tutash nuqtalari bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur hujjat uch davlat rahbarlari tomonidan joriy yilning mart oyi oxirida Tojikistonning Xo‘jand shahrida imzolangan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarini samimiy tabrikladi.

O‘sha davrda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklangan va ushbu davlatlar chegarasidagi bir nechta o‘tkazish punktlari faoliyatini davom ettirgan edi. Keyinchalik, Markaziy Osiyoning uch davlati rahbarlari Lev Tolstoy nomidagi mukofot bilan taqdirlanishdi.

Hay'at Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning mintaqada tinchlikni ta'minlashga qo‘shgan hissasini alohida e'tirof etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston chegaralar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi