
O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish hajmi pasayganiga qaramay, yoqilg‘i eksporti oshgani qayd etildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning o‘n oyida gaz eksporti 568,2 million dollarga yetib, yillik hisobda 5,1 foizga o‘sdi.
Xitoy bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida umumiy qiymati 695,58 million dollarga teng xomashyo yetkazib bergan. Gaz qazib olish yillik 5,3 foizga pasayib, 35,5 milliard kubometrni tashkil etdi.
Shu bilan birga, gaz kondensati ishlab chiqarish 1 million tonnadan 930,9 ming tonnagacha kamaydi. Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilishicha, noyabr oyi boshida gaz importi 1,1 milliard dollarga tushgan.
Gaz qazib chiqarish hajmi kamaygan bir vaqtda, Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish hajmini oshirishga tayyor ekanini bildirdi. Yil oxirigacha Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranziti hajmi 6 milliard kubometrgacha yetishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.