date

Fletcher yangi murabbiydan nimalar kutayotganini aytdi

Fletcher yangi murabbiydan nimalar kutayotganini aytdi

"Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiyi Darren Fletcher jamoaga keladigan yangi murabbiy oldida turgan asosiy vazifalar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni "qizil iblislar" Angliya Kubogidan chiqib ketdi: "Old Trafford"da "Brayton"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Taxminlarga ko'ra, keyingi o'yinda jamoa allaqachon yangi bosh murabbiy qo'l ostida maydonga tushadi.

Fletcherning ta'kidlashicha, navbatdagi murabbiy eng avvalo jamoaga ishonch qaytarishi, o'yindagi barqarorlikni yo'lga qo'yishi va futbolchilarni bir maqsad atrofida birlashtirishi kerak. Uning so'zlariga ko'ra, natija orqali ishonchni mustahkamlash muhim, chiroyli futbol esa keyingi bosqichda keladi: buning uchun to'g'ri yondashuv topilib, keyin tinimsiz mehnat, ijobiy kayfiyat va maksimal fidoyilik talab etiladi.

17-yanvar, shanba kuni "MYU" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fletcher yangi murabbiydan nimalar kutayotganini aytdi