
O‘zbekistonda fuqarolarni «maosh qulligi»dan xalos etish va yangi moliyaviy texnologiyalar xizmatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu o‘zgarishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 27 noyabr kuni tasdiqlangan fintexni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyigacha Markaziy bank fuqarolarga maoshni olish uchun bank yoki to‘lov tizimini o‘zlari tanlash imkonini beradigan mexanizmni yaratadi. Bu mijozlarga ko‘proq erkinlik berib, banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi.
Shuningdek, 2026 yil iyun oyigacha ommaviy parallel to‘lov tizimi joriy qilinadi. Bu tizim ish beruvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta bankka maosh o‘tkazish imkonini beradi va xodimlar ma’lum bir moliyaviy muassasaga bog‘lanib qolmaydi.
Bundan tashqari, 2026 yil fevral oyigacha tezkor to‘lovlar tizimida telefon raqami orqali P2P (shaxsdan shaxsga) pul o‘tkazmalari yo‘lga qo‘yiladi. Open API orqali mablag‘larni istalgan ilova yordamida o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.