date

Tomas Parti mavsum yakunida Villarrealni tark etadi

Tomas Parti mavsum yakunida Villarrealni tark etadi

«Villarreal» yarim himoyachisi Tomas Parti yaqin orada o‘ziga yangi klub izlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

DAZN España xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi jamoa rahbariyatini to‘liq ishontira olmadi va u bilan tuzilgan kelishuv uzaytirilmaydi. Kutilishicha, Parti joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, Parti «Villarreal»ga o‘tgan yilning avgust oyida qo‘shilgandi. Shundan beri u barcha musobaqalarni hisobga olganda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Transfermarkt mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tomas Parti mavsum yakunida Villarrealni tark etadi