
O‘zbekistonda davlat organlari xodimlari korrupsiyaga chidamlilik darajasi bo‘yicha tekshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonida qayd etilgan.
Kelgusi yildan boshlab korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limlari rahbarlari va xodimlari hamda bu lavozimlarga nomzodlar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ushbu chora iyun oyidan boshlab korrupsiya xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan nazorat inspeksiyalari xodimlarini qamrab oladi.
2027 yil boshidan esa korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan idoralar vakillari tekshirila boshlaydi. Buni Boshqaruv organlarini baholash markazi amalga oshiradi.
Agar diagnostika natijalariga ko‘ra xodimning korrupsiyaga chidamlilik darajasi past deb topilsa, u boshqa lavozimga majburiy ravishda o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.