date

Beyonse musiqa va biznes orqali milliarder bo‘ldi

Beyonse musiqa va biznes orqali milliarder bo‘ldi

Amerikalik xonanda va prodyuser Beyonsening umumiy boyligi 1 milliard dollarga yetdi. Shu tariqa u nafaqat musiqa, balki biznes loyihalari orqali ham katta moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan san’atkorlar safidan joy oldi.

Forbes ta’kidlashicha, Beyonsening ko‘chmas mulk aktivlari va investitsiyalari ham uning umumiy kapitali o‘sishida muhim o‘rin tutgan. Hozirda u musiqiy sohadagi milliarderlar orasida beshinchi pog‘onani egallamoqda.

Undan oldingi o‘rinlarda Jay-Z, Teylor Svift, Rianna va Bryus Springstin joylashgan bo‘lib, ularning boyligi 1,1 milliarddan 2,5 milliard dollargacha baholanmoqda. Mutaxassislar Beyonsening bu darajaga asosan o‘z ijodi va shaxsiy brendlari orqali yetib kelganini alohida qayd etmoqda.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Beyonsening moliyaviy o‘sishida 2023 yilda o‘tkazilgan The Renaissance konserti turnesi asosiy omil bo‘lgan. Ushbu gastrol qariyb 600 million dollar daromad keltirib, xonandaning eng foydali turnesi sifatida qayd etilgan. Keyinchalik Cowboy Carter albomi ortidan tashkil etilgan konsertlar ham yuqori kassa yig‘imlarini ko‘rsatdi.

Xonandaning daromadlari faqat musiqa bilan cheklanib qolmaydi. 2024 yilda ishga tushirilgan Cecred soch parvarishi brendi qisqa vaqt ichida bozorda muvaffaqiyat qozondi. Shuningdek, Beyonse premium segmentdagi viski brendiga ham egalik qiladi. Ilgariroq Ivy Park kiyim-kechak brendini yuritgan san’atkor 2024 yilda uni yopgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Beyonse musiqa va biznes orqali milliarder bo‘ldi