date

Somali terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynash istagini bildirdi

Somali terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynash istagini bildirdi

Yevropa va jahon futbol tashkilotlari tomonidan Rossiya futbol ittifoqiga qo‘yilgan cheklovlar hanuz kuchda. Shu sabab Rossiya terma jamoasi hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiyaga qarshi o‘yin o‘tkazishga qiziqish bildirgan jamoalardan biri — Somali terma jamoasi. Jamoa menejeri Ali Said Rossiya futbolini juda kuchli deb hisoblashlarini va bunday hamkorlikdan mamnun bo‘lishlarini aytdi.

FIFA reytingida Somali 200-o‘rinda bormoqda, Rossiya esa 33-pog‘onani egallab turibdi.

Rossiya terma jamoasining navbatdagi yig‘ini mart oyining oxiriga rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Somali terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘ynash istagini bildirdi