O‘zbekistonga o‘qishga kelgan chet el talabalari soni keskin oshdi

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida tashrif buyurgan top–20 davlat fuqarolari bo‘yicha yangi raqamlar ochiqlandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—noyabr oylarida jami 37,2 ming nafar chet el fuqarosi ta’lim olish uchun mamlakatimizga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,3 foizga oshgan.
Qo‘mita keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar kesimida quyidagicha shakllangan:
-Hindiston — 16,3 ming nafar
-Turkmaniston — 8,9 ming nafar
-Tojikiston — 2,7 ming nafar
-Pokiston — 1,7 ming nafar
-Xitoy — 1,4 ming nafar
-Janubiy Koreya — 870 nafar
-Qirg‘iz Respublikasi — 823 nafar
-Misr — 737 nafar
-Filippin — 501 nafar
-AQSH — 464 nafar
-Turkiya — 357 nafar
-Afg‘oniston — 291 nafar
-Iordaniya — 194 nafar
-Buyuk Britaniya — 179 nafar
-Rossiya — 164 nafar
-Janubiy Afrika Respublikasi — 155 nafar
-Eron — 115 nafar
-Qozog‘iston — 113 nafar
-Bangladesh — 97 nafar
-Italiya — 94 nafar
E’tiborli jihati — avvalroq O‘zbekiston Janubiy Koreyadagi xalqaro talabalar soni o‘sishiga eng katta hissa qo‘shgan davlatlardan biriga aylangani haqida ham xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2024 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan, shu davrning o‘zida 5 000 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qish uchun aynan Janubiy Koreyani tanlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!