date

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi. 2026 yil 16–19 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ob-havodagi bunday keskin o‘zgarishlar tog‘li hududlarda xavf darajasini oshirishi mumkin.

Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:

-Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

-Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

-Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

-Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

-Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Shu munosabat bilan, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi. Ayniqsa, tog‘ yo‘llarida harakatlanishda, dam olish maskanlariga borishda va baland hududlarda vaqt o‘tkazishda xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish muhim ekani eslatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi