date

"Al Ittihod" orzusi: Messi istalgan shartlar asosida qo‘shib olinadi...

"Al Ittihod" orzusi: Messi istalgan shartlar asosida qo‘shib olinadi...

Saudiya Arabistonida katta transfer orzulari yana bir bor baland ovozda aytildi. Mahalliy klublardan birining prezidenti Anmar Al Hayli ochiq bayonotida Lionel Messini o‘z jamoasida ko‘rishni juda istashini bildirib, bu maqsad yo‘lida misli ko‘rilmagan shartlarga ham rozi ekanini ta’kidladi.

Garchi argentinalik superyulduz o‘tgan kuzda “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirgan bo‘lsa-da, Saudiya tomoni bu mavzuni yashirmayapti: agar 38 yoshli hujumchi bir kuni klubini almashtirish haqida o‘ylab qolsa, u yerda uni “tayyor sahna” va ochiq quchoq bilan kutib olishadi.

Al Haylining so‘zlariga ko‘ra, “Al Ittihod” uchun zamonaviy futbolning eng yetuk va eng katta nomi bilan muzokaralarda moliyaviy cheklov degan tushuncha yo‘q. Klub rahbari Messiga istalgan muddatga, hatto umrbod shartnoma taklif qilishga ham tayyor ekanini aytgan. Shuningdek, maosh masalasida ham futbolchiga to‘liq erkinlik berish mumkinligini urg‘ulagan.

“Meni raqamlar qiziqtirmaydi. Men faqat bitta narsani xohlayman — Messi “Al Ittihod” libosini kiyishini. U — tarixdagi eng ulug‘ futbolchi”, — degan Al Hayli.

Lionel Messi 2023 yil yozidan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelyapti va haligacha MLSning eng katta ramzi, eng ko‘p muhokama qilinadigan yulduzi bo‘lib turibdi. Lekin Saudiya Arabistonidagi kayfiyatdan bitta xulosa chiqadi: agar afsona bir kun qit’ani o‘zgartirishga qaror qilsa, u yerda “keyingi qadam”ga allaqachon hammasi tayyor.

Qisqasi, hozircha bu — orzu va da’vo. Ammo Saudiya futbolining transfer siyosatiga qarasangiz, ular orzuni odatda “real loyiha”ga aylantirib qo‘ya oladi. Endi hammasini vaqt ko‘rsatadi: Messi Amerikada tarix yozishda davom etadimi yoki bir kun kelib, yangi sahifani Yaqin Sharqda ochadimi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Al Ittihod" orzusi: Messi istalgan shartlar asosida qo‘shib olinadi...