date

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda yangi jangovar modullar imkoniyatlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda yangi jangovar modullar imkoniyatlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi texnoparkka tashrif buyurib, mudofaa sanoati korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbariga zirhli texnika hamda masofadan boshqariladigan jangovar modullarni ishlab chiqarish jarayonlari namoyish etildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, yangi jangovar modullar yomon ko‘rinish sharoitida ham harakatdagi va statsionar nishonlarni aniqlash hamda yakson etish imkonini beradi. Ular avtomatlashtirilgan boshqaruv, barqarorlashtirish, optik kuzatuv va zamonaviy nishonga olish tizimlari bilan jihozlangan.

Texnopark mutaxassislari ishning to‘liq siklini bajaradi: komponentlarni yig‘ishdan tortib, dasturiy ta’minotni sozlash, qurol-aslahani integratsiya qilish va poligonda sinovdan o‘tkazishgacha. Tayyor modullar yengil zirhli texnika, maxsus avtomobillar, katerlar va BTRlarga o‘rnatilmoqda.

Loyiha mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birga amalga oshirilayotgani ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy texnologik bazani mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Prezident mas’ullarga mahsulot sifati va ishonchliligini qat’iy nazorat qilish, mahalliylashtirishni kengaytirish hamda muhandislik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda yangi jangovar modullar imkoniyatlari bilan tanishdi