date

Tayvanda OnePlus bosh direktoriga nisbatan hibs orderi berildi

Tayvanda OnePlus bosh direktoriga nisbatan hibs orderi berildi

Tayvan prokuraturasi 13 yanvar kuni OnePlus kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Pit Lauga nisbatan ayblov e’lon qilib, uni hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda mahalliy rasmiy manbalar xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirkor Tayvanda mahalliy muhandislarni noqonuniy ravishda ishga yollashda ayblanmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Xitoy kompaniyalari tayvanlik mutaxassislarni ishga jalb qilishdan oldin Tayvan hukumatidan maxsus ruxsat olishi shart. Tergov organlari fikricha, OnePlus ushbu talabni bajarmagan.

Tayvan rasmiylari bunday choralar orqali mamlakatdan yuqori malakali kadrlar chiqib ketishining oldini olishni maqsad qilgan. Shu sababli oxirgi paytlarda Xitoy kompaniyalari faoliyatiga nisbatan nazorat kuchaytirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, OnePlus jahon bozori uchun smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xitoy kompaniyasi bo‘lib, u Oppo korporatsiyasining bo‘linmasi hisoblanadi. Kompaniyaga 2013 yil dekabr oyida asos solingan va u qisqa vaqt ichida global bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga erishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda OnePlus bosh direktoriga nisbatan hibs orderi berildi