2025 yilda O‘zbekistonliklar qaysi sug‘urta xizmatiga ko‘proq murojaat qilishdi?

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari hajmi 10,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 2,9 trillion so‘mga ko‘paygan.
Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta bozorida eng katta ulushni aholi va biznes kundalik hayotda tez-tez duch keladigan risklar bilan bog‘liq yo‘nalishlar egallamoqda. Xususan, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, shuningdek yuk va mulk sug‘urtasi kabi yo‘nalishlar jami sug‘urta xizmatlari hajmining 81,7 foizini tashkil qilgan.
Bundan tashqari, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida qayta sug‘urtalash xizmatlari ulushi 14,1 foiz bo‘lgan. Hayotni sug‘urtalash yo‘nalishi esa hozircha nisbatan past ulushni saqlab qolmoqda — atigi 4,2 foiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!