date

2030 yilgacha O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi

2030 yilgacha O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida, O‘zbekistonda 2027–2030 yillarda beshta yangi sel-suv ombori qurilishi ma’lum qilindi.

Ushbu omborlar, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo etish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Tangatopdisoy, Samarqand viloyatining Urgut tumanida G‘ijduvonsoy va Choshtepasoy, Qo‘shrabot tumanida Oqtepasoy hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Oqsoqotasoyda sel-suv omborlari quriladi.

Qarorga ko‘ra, yangi omborlar hisobiga Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minoti yaxshilanadi. Shuningdek, Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yer o‘zlashtiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab kichik suv zaxiralarini yaratish imkoniyati mavjud bo‘lgan 60 ta hudud aniqlangan. Sel-suv omborlarini qurish orqali bahor-yoz mavsumidagi sel va toshqin suvlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Bildirilishicha, qaror bilan ayrim loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish ham nazarda tutilgan. Xususan, Jizzaxdagi Tangatopdisoy va Toshkent viloyatidagi Oqsoqotasoy sel-suv omborlari qurilishida xususiy investorlar ishtirok etadi.

Qo‘shimchasiga esa sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar va baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish ishlari davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2030 yilgacha O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi