Afg‘onistondagi kuchli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Bugun, 20 fevral kuni Afg‘onistonda zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, zilzila soat 18:09 da ro‘y bergan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 608 km janubiy-sharqda joylashgan. Magnituda: 6. Chuqurligi: 76 km. Epitsentr: Bag‘lon, Afg‘oniston. Koordinatalari: 35,8 daraja shimoliy kenglik, 69,37 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi quyidagicha qayd etildi:
-Surxandaryo viloyatida 2-3 ball, 246 km.
-Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 464 km.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing