21:28 / 09.07.2017
8 616

Chimyon tog‘larini "jannat"ga aylantirish bo‘yicha ishbilarmon tavsiyalari

Chimyon tog‘larini "jannat"ga aylantirish bo‘yicha ishbilarmon tavsiyalari
Xalqaro biznes va texnologiyalar assosiasiyasi kuzatuv kengashi raisi, ko‘plab biznes loyihalari hammuassisi, ishbilarmon Hikmat Abdurahmonov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali qiziqarli takliflar bilan o‘rtoqlashib keladi. "Kun.uz" yangiliklar portali ishbilarmondan ruxsat olgan holda uning ba’zi takliflari bilan bo‘lishishga qaror qildi.

"Jamoamiz bilan har yili korporativ timbilding o‘tkazadigan Beldirsoy tomonlardan qaytishda Chorvoq suv omboridan zavqlanish uchun to‘xtadik. Suv ombori bo‘ylab 90-yillardan beri qurilishi tugatilmagan binolarni ko‘rish mumkin. Anchagina eskirgan infratuzilma, yamoq yo‘llar va muntazam uziluvchi elektr ta’minotiga qaramay, Chimyon qishin-yozin minglab toshkentliklarni o‘ziga jalb qilib keladi.

25 yil ichida u erda bir qator mehmonxonalar, "Park avenue", "Charos", "Archazor", "Krokus", "Sky village", "Layner", "Nebesa" kabi dam olish maskanlari paydo bo‘ldi, "Bochka" nisbatan rivojlandi, shuningdek "Happy Summer", "WestCamp" kabi bir necha oromgohlar va ijaraga beriluvchi qator dala hovlilarini ham qayd etish mumkin.

Bu ob’ektlarning yarmi sovet davridan boshlab qurilgan, ularning ayrimlari esa shu hududlarda qaytadan qurilgan. Dor yo‘lining yonida Chimyon "arvoh"-sanatoriysi turibdi, uning yonida esa yana bir necha ochiq, qurilishi tugallanmagan temir-betor tuzilmalar...

Yuqorida nomlari keltirilgan dam olish maskanlarining bari xususiy sektorlar tomonidan barpo etilgan, biroq bu mavjud salohiyatga nisbatan juda kam.

Bishkek yonidagi Qorako‘lning o‘zi 150dan ziyod mehmonga mo‘ljallangan uylarga ega, butun Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning tog‘ chang‘ichilari o‘sha erda yig‘ilishadi. Olmaota yaqinidagi Shimbuloq ham Evropa tog‘ kurortlaridan qolishmaydi va har yili o‘n minglab sayyoh va olmaotaliklarni jalb qilib keladi.

O‘tgan yillar mobaynida biror marta Chimyon, Chorvoq, Beldirsoy kabi maskanlarimizni qandaydir yagona strategiya doirasida rivojlantirishga doir urinishlar haqida eshitmadim. Tashkiliy ishlar haqida eshitganlarim - noqonuniy ijaraga berishga doir reyd va tekshiruvlar xolos, qolgan barcha xatti-harakatlar Chimyonning turistik salohiyatiga nisbatan juda chalkash.

Va nihoyat o‘zgarishlar davri keldi...

Toshkent viloyati rahbariyati, shuningdek qo‘yilgan vazifalarni bajarmaganlik va tashabbuslarning yo‘qligi tufayli o‘zgarayotgan boshqa viloyatlar hokimliklari Chimyonning investision salohiyati haqida hech o‘ylab ko‘rishganmikan? Chimyonni to‘laqonli rivojlantirsa, qancha yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin, xorijiy sayyohlardan qancha valyuta ishlash mumkin, qancha soliqlar paydo bo‘ladi?

Toshkent aholisi - 3 million, nisbatan yuqori xaridorlik xususiyatiga ega, poytaxt mehmonlari - kamida yiliga bir necha o‘n ming, bir necha kunga qoladiganlar tranzit bilan turistik shaharlarimizga borishadi, janubiy Qozog‘iston - bu erning aholisi uchun Olmaotadan ko‘ra Toshkent yaqinroq, bu esa yana 1 million salohiyat, bu hali MDH mamlakatidan ish bo‘yicha hamda mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan qarindosh-urug‘larinikiga keladiganlarni hisoblamaganda.

Jami: 5 million kishi.

Buning uchun ishbilarmoncha yondashuvning o‘zi kifoya... Quyidagi tashabbus bilan chiqish kerak:

1. Barcha OAVlarda Chorvoq suv ombori, Beldirsoy, Bochka va umuman Chimyon atrofidagi bo‘sh hududlarni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalar bilan chiqish;
2. Viloyat hokimi boshchiligida barcha steykxolderlar, manfaatdor idoralar, turfirmalar, turagentlar, biznes vakillari, sarmoyachilar, loyihachilar, me’morlar, dizaynerlar va shu kabi assosiasiyalar vakillarini taklif qilgan holda muhokama doirasini tashkil qilish hamda ular bilan birgalikda Chimyonni rivojlantirish to‘g‘risidagi strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhni tashkil qilish;
3. Uch oy muddatda 2025 yilgacha Chimyonni rivojlantirishga doir strategiyani ishlab chiqish, tog‘-chang‘i kurorti, yozgi kurortlar, HoReCa kompleksi, yo‘l-transport infratuzilmasi qurilishi va boshqalar shular jumlasidandir.
4. Kerakli ob’ektlar va biznes turlari bo‘yicha barcha ro‘yxatlar tayyor bo‘lgach, deylik, ularni sarmoyaviy hajmi bo‘yicha 1 million dollargacha, 1 million dollardan 10 million dollargacha, 10 million dollar va undan ortiq qilib tasniflab chiqish kerak. Shu tariqa ustuvorlik bo‘yicha vazifalar, sarmoyalar, resurslarni saralash lozim. Loyihalarda ishtirok etishga tayyor bo‘lgan barchaga imtiyozli ravishda 50 yilga ijara shartnomasi bo‘yicha yoki, ehtimol bepul ravishda (daromad soliqlari kirimlari, yaratilgan ishchi o‘rinlari, boshqa bilvosita foydalar barcha sarmoyalar va dastlabki preferensiyalarni ko‘p barobar qoplaydi) er taklif qilish va arizalarni qabul qilish haqida e’lon qilish;
5. Nafaqat Toshkentda, balki yaqin oradagi shaharlar Olmaota, Chimkent, Bishkek, Dushanbeda axborot kampaniyasini o‘tkazish, Toshkent viloyatining etakchilari tarkibi bilan shu shaharlarga chiqib, road show formatida xorijiy sarmoyachilarni ham jalb qilish va shu tariqa niyatning naqadar jiddiyligini namoyon qilish.
Biz aslida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish darajasini qadrlamaymiz, shunchaki yangicha ishlashni o‘rganish kerak!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chimyon tog‘larini "jannat"ga aylantirish bo‘yicha ishbilarmon tavsiyalari