
Respublika Gidrometeorologiya markazi 27 mart kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar