Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 4 mart kungi videoselektor yig‘ilishida talabalarning bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi.
«Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi», deydi prezident.
Oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirilgan. Har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, Markaziy bank har yili 3–4-kurs talabalari o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib, 60 nafar talabani haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.
Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart etib belgilandi. Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.
Yig‘ilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.
Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘ysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.
Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi.
Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”