date

Farg‘onada chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

Farg‘onada chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi
Farg‘ona viloyatida chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Ushbu loyihani Xitoyning China Everbright International Ltd kompaniyasi amalga oshiradi.

Zavodning poydevor qo‘yish marosimi 2-noyabr kuni Farg‘ona tumanida, Akbilol qishlog‘i yaqinida o‘tkazildi. Korxonaning loyiha quvvati har kuni 1500 tonna chiqindilarni qayta ishlash va 227,5 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga imkon beradi.

Bu energiya milliy tarmoqqa yetkazib beriladi. 141,5 million dollarlik loyiha hududdagi chiqindi poligonlariga tushadigan yukni kamaytirish, energiya ta’minotini yaxshilash va 400 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Mazkur qurilish joriy yilning mart oyida prezident tomonidan tasdiqlangan chiqindilarni energiyaga aylantirish bo‘yicha oltita zavod qurish dasturining bir qismidir. Farg‘onadan tashqari bunday majmualar Toshkent, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham quriladi.

Shuningdek, iyul oyida Andijon va Samarqandda xorijiy kompaniyalar ishtirokida shunga o‘xshash zavodlarning qurilishi boshlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onada chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi