O‘zbekiston hududining katta qismida 25 mart, juma kuni quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘ladi, ammo yomg‘irlar mavsumi hali tugamadi, deb yozmoqda «O‘zgidromet».
Ma’lum qilinishicha, shanba kuni O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib keladi. Respublikaning shimolidan tashqari barcha viloyatlarda yana bulutli va yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kunduz kuni harorat 12-15 daraja iliqqacha pasayadi.
25 va 26 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Dam olish kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”