Asus ROG Equalizer kabeli Nvidia RTX 5090 dagi qizish muammosini hal qilmadi

1 daqiqa o'qish139
Asus ROG Equalizer kabeli Nvidia RTX 5090 dagi qizish muammosini hal qilmadi

Blogger va entuziast Der8auer kuchli videokartalarni qizib ketishdan himoya qiluvchi ROG Equalizer 12V-2x6 kabelini sinovdan o'tkazdi. Natijada qurilma o'zining asosiy vazifasini bajara olmasligi aniqlandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

WireView Pro II va RTX 5090 videokartasi yordamida o'tkazilgan o'lchovlar tokning kontaktlar bo'ylab notekis taqsimlanishini ko'rsatdi. Ba'zi holatlarda eng ko'p va eng kam yuklangan kontaktlar o'rtasidagi farq 4 amperga yetgan.

Der8auer fikricha, muammo kabelning tuzilishida yashiringan. Taqsimlashga yordam berishi kerak bo'lgan ichki o'tkazgich zanjirga ortiqcha qarshilik qo'shgan.

Blogger uni olib tashlaganidan so'ng tok taqsimoti yaxshilangan.

Shuningdek, mutaxassis kabelning qattiqlashgani va uni joylashtirish qiyinlashganini ta'kidladi. Oltin yugurtirilgan kontaktlar ham shubha uyg'otdi, chunki standart qalay kontaktlar GPU ulagichlari bilan yaxshiroq moslashadi.

[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2FPJrazRm6I9o%3Ffeature%3Doembed&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3DPJrazRm6I9o&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2FPJrazRm6I9o%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube]
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?