Bugun O‘zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi finalida maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahsda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni raqib bo‘ladi. "Championat.Asia"ning rossiyalik jurnalisti Nikolay Yegorichev saudiyaliklarning o‘yinini tahlil qildi.
Mudofaa
Saudiya Arabistoni to‘g‘risida ta’kidlash lozim bo‘lgan asosiy jihat shundaki, ular ushbu turnir davomida o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormagan. Qiziqarli fakt, lekin keling, masalaga biroz chuqurroq yondashamiz.
InStat ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida xGA (raqibdan kutilgan ehtimoliy gollar) ko‘rsatkichi 3.3ga teng. Yarim finalga yo‘l olgan qolgan jamoalarning ko‘rsatkichlari esa ancha yuqori: O‘zbekiston – 5.2, Yaponiya – 5.3, Avstraliya – 5.6ni tashkil qiladi. Turnir davomida ularning barchasi uchtadan gol o‘tkazib yuborishdi.
Shubhasiz, Saudiya Arabistonining himoyasi u qadar mukammal emas. Ha, saudiyaliklar o‘z darvozasi yonida ishonchli harakat qilishadi. Ochig‘ini aytganda, ularga omad ham kulib boqqan: BAAga qarshi o‘yinda darvoza ustuni ularni ikki marta qutqarib qoldi, avstraliyaliklar esa o‘zaro to‘qnashuvda darvoza to‘sinini nishonga oldi, shuningdek, penaltini aniq amalga oshira olishmadi.
Shu bilan birga, saudiyaliklar barcha himoyadagi yakkakurashlarining 58 foizida ustunlik qilgan. Faqatgina Avstraliya (62 foiz) va Janubiy Koreyada (60 foiz) ulardan yuqori ko‘rsatkich qayd eta olgan. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston terma jamoasi bu borada 52 foiz ko‘rsatkichga erishgan. Ikkinchi qavatda ustunlik qilish bo‘yicha ham Saudiya Arabistoni yetakchilik qilmoqda – 59% (Janubiy Koreya birinchi o‘rinda – 62%).
Shuningdek, saudiyaliklar raqib yarim maydonida pressing orqali samaradorlikka erishishda ham yuqori natija qayd etganini ta’kidlash joiz - 68%. Bu barcha jamoalar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Hujumga o‘tish
Ko‘pincha saudiyaliklar qisqa va o‘rta paslar orqali o‘yin tashkil qilishadi. Ular turnir davomida 2600ta uzatma amalga oshirgan (har bir o‘yinda o‘rtacha - 520tadan). O‘zbekiston terma jamoasida esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kam - 2285ta uzatma (har bir o‘yinda taxminan 450ta).
Biroq Saudiya Arabistoni uchrashuvga turli yo‘llar orqali yondashmoqda. Jamoa hujumlarni goh orqa pozitsiyadan, goh oldingi chiziqqa to‘pni tepib yuborish orqali boshlashi mumkin. Barchasi maydondagi vaziyatga bog‘liq: to‘pni hujum chizig‘i o‘yinchilariga tezkorlik bilan yetkazib berish imkoni bo‘lsa, saudiyaliklar bundan albatta foydalanishadi.
Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta muammo. Jamoamiz yaponiyaliklarga qarshi bahsda "vertikal futbol"ni taklif qildi. Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi jipslashgan Yaponiyani ajratib tashladi, raqibni himoyadan hujumga tezkor o‘tish imkoniyatidan mahrum qildi, aslini aytganda, ularning o‘yin rejasini barbod qildi. Saudiyaliklarga qarshi bahsda esa bu borada ancha mashaqqatli bo‘ladi.
Hujum
Finalda eng hujumkor ikki jamoa to‘qnash keladi. O‘zbekiston terma jamoasida raqib jarima maydoni yaqinidagi zonaga 237 marta hamda 85 bor raqib jarima maydonchasiga yetib borgani qayd etilgan. Saudiya Arabistonida bu ko‘rtsatkich mos ravishda 321 va 91tani tashkil etadi. Bu turnirdagi barcha jamoalar orasida eng yaxshi natijalar sanaladi. Saudiyaliklar to‘pga egalik qilishda o‘rtacha 61%, O‘zbekiston esa 56% ko‘rsatkichga erishgan.
Saudiyaliklar xilma-xil texnik jihatlarga ega, raqib futbolchilarini aldab o‘tishda dadil harakatlar amalga oshiririshida (uchrashuvlarda o‘rtacha 24 ta urinish, ulardan 60%i muvaffaqiyatli). Saudiya Arabistoni futbolchilari uzoqdan zarba berishdan ham tap tortmaydi, ularning ko‘pchiligida yaxshi zarba yo‘llash qobiliyati mavjud. Turnir davomida ularda zarbalar soni 81tani tashkil etadi, O‘zbekiston terma jamoasida esa bu ko‘rsatkich biroz ko‘proq – 87ta.
Ko‘pincha saudiyaliklar pozitsion hujum tashkil qilishadi, agar imkoni bo‘lsa, ular tezkor qarshi hujum yaratishi mumkin. Albatta, barchasi maydondagi vaziyatga bog‘liq. Turli uslubga egalik Saudiya Arabistoni jamoasining asosiy quroli hisoblanadi.
Zaif nuqtalar
Kamchiliklar qatorida saudiyaliklar o‘zlarini "yuqori blok" bilan himoya qilishlarini, ya’ni raqib hujum paytida ham imkon qadar oldinroqda pressing uyushtirib, raqibga bo‘sh joy qoldirmaslikka urinishini ta’kidlash mumkin. Biroq bunday holatlarda qarshi hujum orqali raqibni jazolash mumkin, Saudiya Arabistoni turnir davomida bir necha bor shunday holatga tushib qolgan.
Saudiyaliklar maydonda tez-tez yotib olishlari ham e’tiborimni tortdi. Har bir to‘qnashuvdan so‘ng ular uzoq vaqt maydonda yotadi. Ehtimol, ularga bu harakatlar kuchli ta’sir o‘tkazar yoki ular vaqt cho‘zishga harakat qilishadi, shuningdek, futbolchilar hakamlardan raqib uchun kartochka so‘rashni ham yoqtirishadi.
Qiziqarli faktlar
Turnirdagi beshta o‘yindan to‘rttasida Saudiya Arabistoni maydondagi futbolchilar soni bo‘yicha ko‘pchilik bo‘lib o‘yinni yakunladi. Misol uchun, Avstraliyaga qarshi yarim finalda himoyachi Jey Rich-Baguelu birinchi bo‘lim oxirida qizil kartochka oldi. Shu bilan birga, avstraliyaliklar chetlatishdan oldin yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi hamda saudiyaliklarga qaraganda ko‘proq imkoniyatlar yaratdi.
Lekin eng g‘alati chetlatish Vetnamga qarshi chorak final bahsida sodir bo‘ldi. Darvozabon Van Chuan Kuan jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib, to‘pga o‘ynadi, ammo yaponiyalik hakam Yusuke Araki negadir unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Ushbu vaqt davomida Saudiya Arabistoni 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.
Hakamlarning Saudiyaga bo‘lgan munosabatiga OFKning hamkori Saudiyaning "Neom" kompaniyasi ekani qandaydir tarzda ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston terma jamoasi uchun prinsipial raqib sanaladi.
Saudiyaliklar finalga tarkibda jiddiy yo‘qotishlar bilan tashrif buyuradi. Yarim final doirasidagi Avstraliyaga qarshi bahsda Xaytam Asiri va Navaf al Akidi jarohat oldi. Asiri turnir davomida ham markazda, ham qanotlarda hujum tashkil etishda faol harakat qilgan futbolchi sanaladi. Aqidi esa Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi.
Xulosa
Saudiya Arabistoni Yaponiyaga qaraganda jiddiy raqib hisoblanadi. Saudiyaliklar bilan to‘qnashuvda ochiq futbol namoyish etish xavfli sanaladi. "Ikkinchi raqam" ostida harakat qilish, ya’ni tashabbus va to‘pni Saudiya Arabistoniga berish, raqibni qarshi hujumda jazolash mantiqan to‘g‘ri qaror sanaladi. Vaqti-vaqti bilan hujumlar tashkil etish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi faqatgina o‘z darvozasi yonida raqibni quchoq ochib kutib olmasligi kerak.
Shuningdek, saudiyaliklarga uzoq masofadan darvozaga zarba berishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ularning ko‘pchiligida kuchli va aniq zarba mujassam. Pozitsiyalar orasidagi katta bo‘shliqlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun imkon qadar ixcham himoyalanish zarur.
Ochig‘i, Saudiya Arabistoniga qarshi tayyorgarlik Yaponiyaga tayyorgarlikdan ko‘ra ancha qiyin bo‘ladi. Lekin futbolning go‘zalligi shundaki, unda hamma bo‘lishi narsa mumkin.
Nikolay Yegorichev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi