Kivu 'Inter'ning xatolarini tahlil qildi

Kivu 'Inter'ning xatolarini tahlil qildi
Milanlik 'Inter' bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar Ligasi doirasida Qozog'istonning 'Qayrat' jamoasiga qarshi uchrashuvdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. 'Inter' o'z maydonida o'tgan qiyin uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ruminiyalik mutaxassis UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida quyidagilarni aytib o'tdi: 'Ba'zida shoshilib harakat qildik, o'yinni yaxshiroq tashkil qilishimiz mumkin edi. Ammo keyin hammasini to'g'ri bajardik, gol urdik va g'alaba qozondik.' 'Uchrashuvda 'Inter' safida Lautaro Martines va Augusto Karlos gol muallifiga aylandi, mehmonlar esa Ofri Aradning aniq zarbasi orqali hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi.

To'rt turdan so'ng 'Inter' 12 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hali biror ochko yo'qotmagan uchta klubdan biri hisoblanadi.

Keyingi turda 'Inter' 26-noyabr kuni Madridning 'Atletiko' jamoasiga safar qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar