
FIFA The Best mukofotining "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominatsiyasiga daʼvogar futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi. 2025 yilgi mukofot uchun nomzodlar orasida Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Garri Keyn, Kilian Mbappe, Nunu Mendesh, Koul Palmer, Pedri, Rafinya, Muhammad Saloh, Vitinya va Lamin Yamal bor.
Roʻyxatda jami 11 futbolchi kiritilgan boʻlib, ulardan toʻrt nafari "PSJ"ni, uch nafari esa "Barselona"ni himoya qilmoqda. Shuningdek, "Bavariya", "Real", "Liverpul" va "Chelsi" klublaridan bittadan vakil bor.
2024 yilda "The Best" mukofoti "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominatsiyasida "Real" hujumchisi Vinisius Juniorga berilgan edi. Shuni ham qoʻshimcha qilish kerakki, sentyabr oyida "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritgan Usmon Dembele FIFA mukofotiga ham daʼvogar boʻlib turibdi.
Mbappe, Yamal va Dembele yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar