
Barselonaning vingeri Lamin Yamal Chempionlar Ligasi doirasida Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga qarshi oʻyindan keyin oʻz fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.
Kataloniya grandlari uch marta hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi, ammo gʻalabani qoʻlga kirita olishmadi. Mehmon jamoa safida Ferran Torres va Lamin Yamal gol urishdi, yana bir gol esa Xristos Tsolisning avtogoli sifatida qayd etildi.
"Biz uch ochkoni qoʻlga kiritishni xohlagan edik, ammo bu safar juda qiyin boʻldi. Biz – "Barselona"miz va har doim gʻalaba qozonishimiz kerak.
Endi esa keyingi oʻyinga eʼtibor qaratishimiz lozim. Raqib juda kuchli jamoa edi.
Uchtadan gol oʻtkazib yuborgan holda gʻalaba qozonish qiyin. Bu borada oʻz oʻyinimizni yaxshilashimiz kerak", – dedi Yamal oʻyindan keyingi intervyusida.
Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa umumiy bosqich turnir jadvalida yetti ochko bilan 11-oʻrinda bormoqda.
Lamin Yamal: "Biz har doim gʻalaba qozonishimiz kerak"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar