119
Mutaxassis tarmoqlardagi sarosima haqida: “Metapnevmovirus umuman yangi emas, vahimaga oʻrin yoʻq”
Dunyoning qator mamlakatlarida metapnevmovirus infektsiyasi avj olayotgani, bu xastalikning COVID-19'dan ham xavfliroq ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli? Metapnevmovirus oʻz qanday infektsiya? Uning belgilari qanaqa? Kun.uz shu kabi savollar bilan Sanepidqoʻmita boshqarma boshligʻi Rustamjon Ikromovga yuzlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy va Qozogʻistonda metapnevmovirus tarqalgani haqida xabarlar koʻpaymoqda. Sanepidqoʻmita boshqarma boshligʻi Rustamjon Ikromov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ularda metapnevmovirus haqida boʻrttirib, asossiz ma'lumot tarqatilayotgani va bu virus yangi emasligini aytdi.
Mutaxassisga koʻra, metapnevmovirus umuman yangi emas, u ilk marta 60-yillarda aniqlangan. “Kasallikning oʻsib borayotgani toʻgʻrisida berilgan xabarlar har bir mamlakatning oʻzidagi laboratoriya nazorati tahlillariga koʻra e'lon qilib boriladi. Ya'ni ayni vaqtda Xitoy va Qozogʻistonda berilayotgan rasmiy xabarlarda bu kasallik yangi emasligi va aynan bugungi kundagi oʻtkir respirator infektsiyalarning oʻsish fonida metapnevmovirusning koʻproq oʻsayotgani aytilyapti. Buni koronavirus infektsiyasidan ogʻirroq deb baholash boʻrttirishdan boshqa narsa emas. Vahimaga oʻrin yoʻq”, – dedi Ikromov.
Mutaxassis, shuningdek, virus boshqa oʻtkir respirator infektsiyalar singari isitma, yoʻtal, aksirish, bronxlarda yalligʻlanish bronxit yoki bronxolit hamda oʻpkadagi yalligʻlanish, zotiljamga sabab boʻlishi mumkinligini ma'lum qildi. Metapnevmovirus oʻtkir respirator infektsiya boʻlgani uchun ham u havo tomchi va ifloslangan yuza orqali yuqadi.
“Oʻzbekistonda esa OʻRVIning kirib kelishi, mavsum oldidan SSV va Sanepidqoʻm saytida koʻrsatma xatlarida hududlarda qanday ishlar amalga oshirilishi, qanday profilaktik choralar koʻrish kerakligi yuzasidan koʻrsatma xatlar yuborilgan va ishlar oʻshanga mos tashkil etilgan. Davolash boʻyicha Oʻzbekistondagi har bir shifokorda malaka etarli deb hisoblayman. Aynan OʻRVIning ortib borish davrida aniq bitta statsionarni shu kasalni davolashga qaratilgan holda moslashtirish tajribasi ham bizda yuqori. Ya'ni OʻRVI qaysi hududda ortib ketayotgan boʻlsa, shu hududda ma'lum bir statsionar boshqa kasalni qabul qilmaydi, faqat OʻRVIni qabul qiladi”, – dedi u.
Ikromov ma'lumotiga koʻra, Oʻzbekistonda ham metapnevmovirusga chalingan fuqarolar aniqlangan. Bu umumiy aniqlangan bemorlarning 2/10 foizini tashkil qiladi. Undan koʻprogʻini esa renovirus kabi infektsiyalar egallagan.
“Boshqa OʻRVIda 6-7 kunda davolash samaralari bilinsa, bunda 10-12 kungacha borishi mumkin. Davolashga keladigan boʻlsak, aynan metapnevmovirusning oʻziga ta'sir qiluvchi preparat dunyo boʻyicha ham yoʻq. Lekin u keltirib chiqaradigan kasallik belgilariga qarab davolash usullari samarali ishlab turibdi. Ya'ni yoʻtal, isitma va yalligʻlanishga qarshi koʻriladigan davo choralari samarali va Oʻzbekistonda ham bu usuldan foydalangan holda davolash samarali amalga oshirib kelinmoqda”, – dedi Sanepidqoʻmita mutaxassisi.
Ta'kidlanishicha, virus 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, immunitet tizimi zaif va yondosh kasalliklari boʻlgan fuqarolar va yoshi kattalarda asoratli oʻtishi kuzatiladi.
Ikromov metapnevmovirusga qarshi vaktsina yoʻqligi va bu virus pandemiya keltirib chiqarmasligini qoʻshimcha qildi.
“Pandemiya keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan infektsiyalar nuqtai nazaridan olib qaraydigan boʻlsak, butun dunyoda respirator infektsiyalar potentsial pandemiya keltirib chiqaruvchisi sifatida qaraladi. Muloqot orqali yuqadigan kasallik tez va keng tarqalish xususiyatiga ega. Lekin metapnevmovirus pandemiya keltirib chiqaruvchi sifatida qaralmaydi”, – dedi u.
Profilaktika choralari sifatida quyidagilar ta'kidlandi:
– shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
– antiseptiklardan toʻgʻri foydalangan holda yuza qism va qoʻllarni doimiy toza saqlash;
– tibbiy niqobdan foydalanish;
– kasallangan fuqaro oʻz-oʻzini alohidalashi, aholi gavjum joylarga tashrif buyurmasligi kerak.
Zuhra Abduhalimova
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Bugundan boshlab Nyu-York markaziga kirish pulli boʻldi
“Boʻrilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqalar “qimirlab” qoldi
Xitoyda tarqalayotgan virus Qozogʻistonda ham aniqlandi
Janubiy Koreyada sodir boʻlayotgan muammolarning asl sababi nima?
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Oʻzbekiston yoʻllarida quyosh panelli radarlar oʻrnatiladi (video)