date

Arne Slot: "MYU bilan oʻyindan koʻproq zavqlandim"


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining oʻyinlari va natijalari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Manchester Yunayted"ga qarshi oʻyin [1:2 magʻlubiyat] menga "Aston Villa"ga qarshi oʻyindan [2:0 gʻalaba] koʻra koʻproq yoqdi.

Ammo "Villa"ga qarshi oʻyindagi natija men uchun ancha yoqimli boʻldi. "Yunayted" bilan oʻyinda koʻproq vaziyatlar yaratdik, chunki magʻlubiyatga uchrayotganimiz sababli koʻproq xavfga borishga majbur boʻldik.

Agar yutgan boʻlsangiz, qolgan narsalar muhim emas. Ammo men har doim natijalar va oʻyinlarni muvozanatda ushlab turishga harakat qilaman", – dedi Slot matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, "Liverpul" 9-noyabr, yakshanba kuni safarda "Manchester Siti"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arne Slot: "MYU bilan oʻyindan koʻproq zavqlandim"