date

Inter futbolchisi uyini talonchilar o‘mardi


Inter himoyachisi Alessandro Bastoni talonchilar qurboniga aylandi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Chempionlar ligasi doirasidagi Kairatga qarshi o‘yin vaqtida to‘rt kishilik talonchilar guruhi Bastonining uyiga bostirib kirgan.

Ular qimmatbaho soatlar va dizaynerlik sumkalarini o‘g‘irlashgan. Talonchilar juda tez harakat qilishgan – ular uyda atigi bir necha daqiqa bo‘lishgan.

Biroq, signalizatsiya ishlaganiga qaramay, voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik xodimlari hech kimni qo‘lga ololmagan. Chorshanba oqshomida Inter Chempionlar ligasi o‘yinida Kairatni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Alessandro Bastoni esa o‘yinni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inter futbolchisi uyini talonchilar o‘mardi