date
views 2 072

Husanov – Yamal bilan bir jamoada? “Siti” tarixiy transferga bel bog‘layapti!

Husanov – Yamal bilan bir jamoada? “Siti” tarixiy transferga bel bog‘layapti!
Agar bu transfer amalga oshsa, futbol dunyosidagi eng qimmat bitimlardan biri ro‘y berishi, Abduqodir Husanov esa Lamin Yamal kabi iqtidor egalari bilan yelkadoshga aylanishi mumkin!

Angliya chempioni “Manchester Siti” joriy mavsumdagi turli inqirozlardan xulosa chiqarib, tarkibda jiddiy islohotlar olib borishga kirishdi. Xosep Gvardiola jamoani yangi avlod yulduzlari asosida qayta qurmoqchi. Bu rejaning ilk qadami qishdagi transferlar bilan boshlandi: Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush va Vitor Reys kabi yosh va iqtidorli futbolchilar klubga qo‘shildi.

Ammo “Siti” bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Ispaniyaning “Fichajes” nashri yozishicha, manchesterliklar endi “Barselona”ning 17 yoshli superiqtidori Lamin Yamalga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, “Siti” bu transfer uchun 275 million yevro taklif etgan!

Bu – futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin. Hozircha rekord Neymarga tegishli: 2017 yili u “Barselona”dan “PSJ”ga 222 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Lekin “Barsa” bu mablag‘ni qabul qiladimi? Kataloniya klubining moliyaviy ahvoli og‘ir – ular Yamalga ham, Shchesniga ham yangi shartnoma taklif etishda qiynalmoqda. Moliyaviy feyr-pley talablari ularni o‘yinchilar sotishga majbur qilmoqda.

Agar Yamal “Siti”ga kelsa, u Abduqodir Husanov bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin. Bu ikki yosh yulduzning birgalikdagi o‘yini nafaqat “Siti”ning kelajagini, balki butun Yevropa futboli manzarasini o‘zgartirishi mumkin.

Futbol olami esa bu tarixiy transfer haqida o‘ylab, “Yamal ketadimi yo yo‘q?” degan savolga javob izlamoqda. Ammo shubha yo‘qki, agar bu bitim amalga oshsa, “Siti”da yangi davr boshlanadi va uning markazida o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov ham bo‘ladi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport