O‘zbekiston shaxmatida tarixiy dubl: Abdusattorov chempion, Sindarov — ikkinchi!

1 daqiqa o'qish4
O‘zbekiston shaxmatida tarixiy dubl: Abdusattorov chempion, Sindarov — ikkinchi!

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro shaxmat maydonida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, tarixiy natijaga erishdi. Niderlandiyada o‘tkazilgan nufuzli Tata Steel Chess 2026 turnirining Masters yo‘nalishida hamyurtlarimiz birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi.

Musobaqaning 13 turidan iborat bahslarida Nodirbek Abdusattorov 9 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibiga aylandi. Shu tariqa u Tata Steel Chess tarixida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi sifatida tarixga kirdi.

Yana bir iste’dodli grossmeysterimiz Javohir Sindarov esa 8,5 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. U musobaqani birorta mag‘lubiyatsiz yakunlab, o‘zining yuqori saviyasini namoyish etdi.

Ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchining dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etgan nufuzli turnirda dastlabki ikki pog‘onani egallashi mamlakatimiz shaxmat tarixidagi muhim yutuqlardan biri bo‘ldi.

Bu natija O‘zbekiston shaxmat maktabining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?