O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvi futbol muxlislari uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Mezbonlar o‘z maydonida haqiqiy hujumbop o‘yin namoyish qilib, raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv boshlanishi bilanyoq “Buxoro” futbolchilari maydonda ustunlik qilib, dastlabki daqiqalardayoq hisobni ochishdi. 3-daqiqada Dominik Begich to‘pni darvozadan joy oldirib, hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Toma Tabatadze hisobni 2:0 ga yetkazdi va “Navbahor”ni og‘ir holatga tushirdi.
31-daqiqada yana Dominik Begich o‘zini ko‘rsatib, jamoasi ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin “Buxoro” penalti ishlab oldi va uni Toma Tabatadze aniq ijro etdi. Hisob 4:0 bo‘ldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa yana Begich maydon markazida to‘pni qabul qilib, aniq zarba bilan xet-trikka erishdi va “Buxoro”ning beshinchi golini urdi.
Shu tariqa birinchi bo‘limning o‘zidayoq mezbonlar raqibini yirik hisob bilan ortda qoldirdi. Ikkinchi bo‘limda esa gollar qayd etilmadi, ammo kurash va shiddat davom etdi.
Uchrashuv davomida ikki jamoa ham bir qator ogohlantirishlar oldi. Xususan, Julio Sezar, Izzatillo Po‘latov, Mirzohid G‘ofurov, Azizbek Amonov, Frane Ikich, Muhammad Yo‘ldoshev va Dominik Begichga sariq kartochkalar ko‘rsatildi.
"Buxoro" – "Navbahor" 5:0
Gollar: 1:0 – 3, Dominik Begich, 2:0 – 4, Toma Tabatadze, 3:0 – 31, Dominik Begich (Toma Tabatadze), 4:0 – 41, Toma Tabatadze (penalti), 5:0 – 45+5, Dominik Begich
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po‘latov (97.Shahboz Jo‘rabekov, 64), 5.Sardor Qulmatov (95.Nodirbek Ahmadjonov, 46), 6.Ravshan Xayrullayev (8.Anvar Jo‘rayev, 77), 10.Azizbek Amonov (19.Bilol To‘pliyev, 64), 17.Javohir Ro‘ziyev, 22.Toma Tabatadze (33.Yosip Tomashevich, 77), 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No‘monov, 14.Alisher Xayrullayev.
"Navbahor": 16.Shukron Yo‘ldoshev, 5.Julio Sezar (70.Abbos G‘ulomov, 46), 9.Zabihillo O‘rinboyev, 11.Muhammadali G‘iyosov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teidi, 14.Jamshid Boltaboyev (8.Shohmalik Komilov, 46), 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G‘ofurov (71.Navro‘z Iminjonov, 46), 24.Doston Abdulxayev, 99.Igor Gabriel.
Zaxira: 41.Ozodbek Ma’rupov, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Abdujabborov, 29.Pedro Augusto, 36.Gelerme Gedesh, 55.Komil Tojiddinov.
Muxlislar uchun bu bahs nafaqat yirik hisob, balki jamoa jonkuyarlari va stadiondagi kayfiyat bilan ham esda qoldi. “Buxoro” bu g‘alabasi bilan turnir jadvalida o‘z mavqeini mustahkamlab, keyingi uchrashuvlarga katta ishonch bilan tayyorgarlik ko‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!