date

Dubayda dunyo rekordini yangilaydigan eng baland mehmonxona ochiladi

Dubayda dunyo rekordini yangilaydigan eng baland mehmonxona ochiladi

Dubai yana bir bor jahon diqqat markaziga chiqdi. Bu gal shahar o‘zining zamonaviy arxitekturasi bilan emas, balki dunyodagi eng baland mehmonxonasi bilan maqtanmoqda. Noyabr oyidan boshlab Dubai Marina hududida ishga tushishi kutilgan Ciel Dubai Marina mehmonxonasi nafaqat Amirlika, balki butun dunyo turizm sohasidagi yangi simbolga aylanishi tayin. Bu haqda “Dubai Media Office” tarqatgan ma’lumotlarda aytiladi.

Balandlik bo‘yicha yangi rekord

377 metr balandlikka ega mazkur inshoot Dubayning nufuzli Dubai Marina hududida joylashgan. Shu tariqa u hozirgi rekordchi — 356 metrlik Gevora mehmonxonasidan yuqoriga ko‘tarilib, yangi yetakchiga aylanadi. Mehmonxona zamonaviy shahar manzarasini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda.

Loyihani nufuzli NORR Group studiyasi tayyorlagan bo‘lib, qurilish ishlari The First Group tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, yirik pudratchi — China Railway 18th Bureau Group ham ishtirok etgan. Boshqaruv esa The First Group Hospitality qo‘lida bo‘ladi va u InterContinental Hotels Group (IHG)’ning Vignette Collection brendi ostida faoliyat yuritadi.

Mehmonxonaning noyob jihatlari

Ciel Dubai Marina nafaqat balandligi, balki zamonaviy qulayliklari bilan ham ajralib turadi:

  • 82 qavatli ulkan bino va 1004 ta xonalar hamda apartamentlar;

  • Fors ko‘rfaziga panoramali manzara;

  • 12 qavatli atrium-bog‘;

  • 353 metr balandlikda joylashgan restoran;

  • 306 metrda qurilgan va dunyodagi eng baland basseyn sifatida tan olinishi kutilgan hovuz;

  • sakkizta restoran va bar;

  • Dubai Marina sohiliga, suv taksilariga, Dubai Marina Mall savdo markaziga hamda tramvay va metro bekatlariga bevosita chiqish.

Yangi rekordlarga da’vogar

“Dunyoning eng baland mehmonxonasi” unvonidan tashqari, Ciel Dubai Marina yana ikki jahon rekordini qo‘lga kiritish imkoniga ega: eng baland basseyn va eng baland klub. Bu unvonlar rasmiy mehmonxona ochilgandan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyo rekordini yangilaydigan eng baland mehmonxona ochiladi